“Zakovat” xalqaro intellektual turnirining natijalari qanday bo’ldi

eʼlon qilindi
Uchta jamoa g'alaba qozondi

12-13 avgust kunlari Toshkent shahrida yirik xalqaro intellektual turnir – «Zakovat» o‘yini bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnir «Milliy Mass-mediani qo’llab-quvvatlash» jamoat fondi, «Zakovat» NNT va «Milliy» telekanali ko’magida tashkillashtirildi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali

Turnirda 14 ta – Germaniya, Rossiya, Isroil, Kipr, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kabi davlatlardan 55ta jamoa ishtirok etdi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali

Turnir doirasida jamoalar «Zakovat» o‘yinining sportcha versiyasi hamda Breyn-ring o‘yini bo‘yicha bellashdilar va  quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

GG – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston terma jamoasi 1 o’rinni egallab, 100 mln so’m pul mukofotiga ega bo’ldi.

2-o‘rin va 60 mln sovrinni Rossiyaning «Borskiy korabel» (Борский корабел) jamoasi oldi. 3-o‘ringa qo’yilgan 40 mln so’mga esa Rossiya va Qozog’iston terma jamoasi «Bassendji» sazovor bo’ldi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali

Breyn-ring o‘yinida ham Rossiya va Qozog’iston terma jamoasi «Bassendji»ga maxsus tayyorlangan I Osiyo ochiq chempionati kubogi topshirildi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali

Iyul oyining oxirgi yakshanbasida butun Respublika bo’ylab bir vaqtning o’zida «Do’stlik» ko’chma kubogi uchun havaskor va professional jamoalar kuch sinashishgan edi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali

Go’liblarga sovrinlarni Prezident Administratsiyasining Aloqa va axborotlashtirish siyosati sho’basi mudiri Saida Mirziyova, Prezident Administratsiyasi raisi o’rinbosari Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozima Davletova va «Zakovat intellektual klubi» NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan topshirildi.

Manba: «Zakovat» intellektual klubi Telegram kanali
Shuningdek