12-13 avgust kunlari Toshkent shahrida yirik xalqaro intellektual turnir – «Zakovat» o‘yini bo‘yicha I Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnir «Milliy Mass-mediani qo’llab-quvvatlash» jamoat fondi, «Zakovat» NNT va «Milliy» telekanali ko’magida tashkillashtirildi.
Turnirda 14 ta – Germaniya, Rossiya, Isroil, Kipr, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, BAA, Latviya, Daniya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikistondan kabi davlatlardan 55ta jamoa ishtirok etdi.
Turnir doirasida jamoalar «Zakovat» o‘yinining sportcha versiyasi hamda Breyn-ring o‘yini bo‘yicha bellashdilar va quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
GG – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston terma jamoasi 1 o’rinni egallab, 100 mln so’m pul mukofotiga ega bo’ldi.
2-o‘rin va 60 mln sovrinni Rossiyaning «Borskiy korabel» (Борский корабел) jamoasi oldi. 3-o‘ringa qo’yilgan 40 mln so’mga esa Rossiya va Qozog’iston terma jamoasi «Bassendji» sazovor bo’ldi.
Breyn-ring o‘yinida ham Rossiya va Qozog’iston terma jamoasi «Bassendji»ga maxsus tayyorlangan I Osiyo ochiq chempionati kubogi topshirildi.
Iyul oyining oxirgi yakshanbasida butun Respublika bo’ylab bir vaqtning o’zida «Do’stlik» ko’chma kubogi uchun havaskor va professional jamoalar kuch sinashishgan edi.
Go’liblarga sovrinlarni Prezident Administratsiyasining Aloqa va axborotlashtirish siyosati sho’basi mudiri Saida Mirziyova, Prezident Administratsiyasi raisi o’rinbosari Komil Allamjonov, Milliy mass-mediani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Nozima Davletova va «Zakovat intellektual klubi» NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan topshirildi.