AQSH agentligi Oʻzbekistonga axborot texnologiyalarini rivojlantirishda yordam beradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Memorandum Sherzod Shermatov va Izabel Koulman tomonidan imzolandi

O‘zbekiston Raqamli rivojlanish vazirligi AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjatni Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Sherzod Shermatov va agentlik maʼmuriyati oʻrinbosari Izabel Koulman imzoladi, deb yozadi USAID matbuot xizmati.

Foto: USAID

Hujjat «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida hamkorlikda ish olib borishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, agentlik yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va texnik ta’lim muassasalarini birlashtirish orqali axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Uchrashuvda, shuningdek, AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasidagi sheriklik, jumladan, IT sohasini qoʻllab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va Oʻzbekistonda xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Avvalroq, USAID dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha besh yillik dastur uchun Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonga 12 million dollargacha mablag‘ ajratishi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek