Endi tadbirkorlar ham Milliy kadrlar zaxirasi ro‘yxatiga kiritiladi

eʼlon qilindi
Bu haqida Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi xabar bermoqda

Ushbu Milliy zaxira kadrlar ro‘yxati Davlat fuqarolik xizmatidagi rahbarlik lavozimlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, markazlashgan holda saralash, ularning bilimini uzluksiz oshirib borish maqsadida tashkil etilgan edi.

Foto: Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi

Endilikda, tadbirkorlar nomzodlari ham kiritildi. Ular uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kursda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi bilimlarini oshirish, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Xabarga ko‘ra, nomzodlar hududlarining rivoji uchun hissa qo‘shib kelayotgan, yangi ish o‘rinlari yaratgan, el ichida obro‘-eʼtiborga ega, istiqbolda rahbarlik lavozimlarida samarali faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlar ichidan  shakllantirildi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbek tilini bilish uchun ariza onlayn tarzda topshirilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek