Yangiliklar

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini yana qimmatlashdi

Narxlarning oshishi oxirgi yarim oy ichida ikkinchi marta kuzatilmoqda

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i AI-92 benzinining litri narxini 600 so‘m 9,2 ming so‘mga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Foto: UNG Petro

Bu oy boshidan buyon ikkinchi o‘sishdir. 2 avgust kuni UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benziniga mart oyida joriy qilingan chegirma yakunlangani va bir litr yoqilg‘i 7,5 ming so‘mdan 8,6 ming so‘mga ko‘tarilgani xabar qilingandi.

Avvalroq «O‘zbekneftgaz» UNG Petro tarmog‘iga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 rusumli benzin yetkazib berish kechikayotganiga izoh bergan edi.