Yana bir kompaniya to‘lov tashkiloti maqomini oldi

eʼlon qilindi
50 mln so‘m ustav kapitali bilan

«United Payment Solution» MChJ toʻlov tashkiloti sifatida faoliyat yuritish uchun litsenziya olgani haqida Oʻzbekiston Markaziy banki xabar berdi.

 Foto: Kursiv.Media

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestriga (EGRPO) ko‘ra, kompaniya 2023-yil mart oyida tashkil etilgan. Korxonaning ustav kapitali 50 million so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida «Altapay» MChJ to‘lov tashkiloti maqomini oldi.

Joriy yilning 21-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 59 ta toʻlov tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda, bu haqda regulyator maʼlum qildi.

Avvalroq, «Kursiv» «Mikromoliya Tashkiloti Poytaxt» mikromoliya tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek