Bugun poytaxtning qaysi tumanlarida elektr boʻlmaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ta’mirlash ishlari sabab

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filialining xabariga ko‘ra, bugun, 17-avgust kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha 2 tumanda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

Foto: Pexels | Pok Rie

Sergeli tumanining «Qoʻshqorgʻon» MFYning ayrim koʻchalarida, Yunusobod tumanining «Sobirobod» MFYning ayrim koʻchalarida elektr ta’minoti to‘xtatiladi.

Xabarga ko‘ra, ushbu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi ham mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Mirzo Ulug‘bek tumanida besh kunga issiq suv o‘chirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek