Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

eʼlon qilindi
Administratsiyaning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor Uktamovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan:

Sunatulla Xusanovich Bekenov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan;

Furqat Jalolovich Raximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri lavozimidan olindi.

Eslatib o’tamiz, Prezident Administratsiyasining avvalgi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov sog‘lig‘i sababli boshqa ishga o‘tgani sababli ishdan bo‘shatilgandi.

Shuningdek