Mirziyoyev: Tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan

eʼlon qilindi
Shuningdek, mikro-moliya tashkilotlarini ochish tartibi osonlashtirildi

Kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov taʼminoti sifatida foydalanish tizimi yaratildi va tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi.

Natijada mamlakatimizda banklarga muqobil kreditlar bozori paydo bo‘ldi.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Bojxona rejimidan foydalanuvchi tadbirkorlar soni 2 barobarga ko‘paydi: bir yil ichida 455 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Ilgari yangi tadbirkorlar uchun «kirish qiyin bo‘lgan» 119 ta faoliyat bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki xabardor qilish shakliga o‘tkazildi – yuklarni avtomobilda tashish kabi faoliyat bo‘yicha litsenziyalarni bekor qilish hisobiga yuk tashish hajmi 1,5 baravarga oshdi.

Soliq hisobotlarini topshirish va kameral tekshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash bekor qilindi.

O‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘paydi, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, 10 mingga yetdi. Yirik korxonalar soni 400 taga ko‘payib, 1,5 mingta bo‘ldi.

 Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshdi.

Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetdi.

«Kursiv» O‘zbekistonliklarga quyosh batareyalarini o‘rnatish xarajatlarining bir qismi qoplanishini yozgan edi.

Shuningdek