O‘zbekistonda “xufyona iqtisodiyot” borasida tadbirkorlarga alohida murojaat qilindi

eʼlon qilindi
O‘z majburiyatlarini bajarmayotgan tadbirkorlarga, albatta, murosasiz bo‘lamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev

Hozirgi kunda mamlakatimizda «xufiyona iqtisodiyot»ning ulushi 40 foiz atrofida, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida.

Manba: Prezident matbuot kotibi

«Biz to‘g‘ri ishlayotgan, ish o‘rni yaratayotgan, ilg‘or texnologiyalar joriy qilib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirayotgan, eksportini oshirayotgan biznes vakillari uchun barcha sharoitlarni qilib berishga tayyormiz. So‘nggi yetti yildagi soliq islohotlari, tadbirkorlarga berilgan yengillik va imtiyozlar natijasida ularning ixtiyorida 120 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ qoldi. Lekin soliqlardan qochib, o‘zining majburiyatlarini bajarmasdan kelayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarga biz albatta murosasiz bo‘lamiz. Shu bois tadbirkorlarimiz o‘zlari ham bosh bo‘lib, bunday “nopok» ishbilarmonlar saflarida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasa, o‘ylaymanki, «xufiyona iqtisodiyot» ulushini karra-karra qisqartiramiz”, – dedi davlat rahbari tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida.

Kelgusi yillar uchun belgilab olgan reja va dasturni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, lekin mard va tashabbuskor tadbirkorlarga ishonch bildirildi.

Biroz avval tekshirishlar 40 foizga kamaygani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek