Davlat tasarrufidagi suv havzalarida baliq yetishtirishga ruxsat beriladi

eʼlon qilindi
Ularga tutash uchastkalar ijaraga beriladi

Ko‘paytirish va baliq ovlash uchun suv omborlari uchastkalarini onlayn auksionlarda ijaraga olish mumkin. Bu haqdagi farmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Foto: Unspalsh

Tashabbus joriy yilning oktyabr oyi boshidan boshlab amalga oshiriladi. Davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari yaqinidagi yer uchastkalari, shuningdek, bunday suv havzalari atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar tadbirkorlarga ijaraga beriladi.

Bundan tashqari, Ekologiya, Suv xo‘jaligi vazirliklari va Kadastr agentligi kelasi yilning mart oyi boshiga qadar tabiiy va sun’iy ko‘llar va suv havzalarini inventarizatsiya qilish va hisobga olishni ta’minlashi shart.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil boshidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida aholi va korxonalarga baliq yetishtirish loyihalarini rivojlantirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi. Ularni suv bilan ta’minlash suv xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklanadi.

Avvalroq Kursiv 2023-yilda O‘zbekistonda baliqchilik sohasida 241 ta tashabbus yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek