O‘zbekiston yosh polvonlari jahon chempionatida ikkita bronzani qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha

Iordaniyada kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Oxirgi mukofot Alisher G‘aniyevga topshirildi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha 55 kilogramm vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun kechgan jangda o‘zbekistonlik polvon eronlik Ali Abdulla Ahmadiyni mag‘lub etdi.

Avvalroq, Nodirbek Jumanazarov erkin kurash bo‘yicha 57 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

«Kursiv» MDH davlatlari o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yuzdan ortiq medal qo‘lga kiritganini yozgan edi.

Shuningdek