Test natijalariga rozi bo‘lmagan abituriyentlar apellyatsiya berishlari mumkin

eʼlon qilindi
31-avgustga qadar

OTMning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan Apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlangani haqida xabar bermoqda Bilimni baholash agentligi.

Foto: Podrobno.uz

Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qoldirish mumkin.

Xabarga ko‘ra, Apellyatsiya shikoyatini bermoqchi bo‘lgan abituriyent test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi kerak.

Apellyatsiya arizasini bergan shaxsga xabarnoma beriladi. Unda ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi. Xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023 yil 24 avgustdan boshlanadi.

Avvalroq, «Kursiv» oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek