Bugun poytaxtning qaysi hududlarida elektr va gaz boʻlmaydi

eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari tufayli

Bugun, 22-avgust Sergeli va Yashnobod tumanining ba’zi koʻchalarida elektr boʻlmaydi, deb xabar bermoqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | Pok Rie

Soat 10:00 dan 15:00 gacha Sergeli tumanining «Xonobod tepa» MFY va Yashnobod tumanining «Argʻin» MFYsining ayrim koʻchalarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

Shu bilan birga bugun soat 10:00 dan 17:00 gacha Yashnobod tumanining «Olmos» mahallasidagi 70 ta yerli xonadonlarga va Bektemir tumanining «Iyk ota» va «Gulbog'» mahallalaridagi 1940 ta yerli xonadon va 36 ta ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida «Hududgazta’minot» xabar berdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston energetika tizimining barqaror ishlashi uchun qanday choralar ko‘rilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek