Fukusima atom elektr stansiyasidan suv oqizilgan sana maʼlum boʻldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Xitoy rasmiylari, yapon baliqchilari va janubiy koreyalik faollar bu qarorga qarshi chiqdi

Yaponiya hukumati 24-avgust kuni Fukusima atom elektr stansiyasidan 1 million tonnadan ortiq tozalangan radioaktiv suvni oqizishni boshlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Strana Rosatom

Tokioning bu harakati Xitoyda keskin tanqid qilindi. Yaponiya baliq ovlash guruhlari va janubiy koreyalik faollar ham qarshi chiqdi. Rasmiy Seul qaror xalqaro standartlar doirasida qabul qilingan deb hisoblaydi.

Yaponiya rasmiylari oqizilgan suvning xavfsiz ekanligini ta’kidlamoqda. Buni MAGATE tasdiqladi.

Xitoyning Global Times nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Osiyo va Okeaniyadagi 11 mamlakatdan kelgan respondentlarning 80 foizdan ortig‘i Tokio qarorini mas’uliyatsizlik deb atadi. Xitoyda respondentlarning 76 foizi, Janubiy Koreyada 59 foizi va Yangi Zelandiyada 52 foizi uni «o‘ta mas’uliyatsiz» deya ta’riflagan.

Fukusima AESdagi avariya 2011-yilning mart oyida sodir bo‘lgan edi. Sababi zilzila va sunami oqibatida avariya vositalarining nosozligi bo‘lgan. Umuman olganda, hukumat 164 mingga yaqin odamni ofat zonasidan evakuatsiya qildi.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning may oyida O‘zbekiston va Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasini qurish shartlari bo‘yicha kelishib olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek