O‘zbekistonda birinchi raqamli podstansiya qurilmoqda

eʼlon qilindi
Bu mamlakatning ikki viloyatini qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

O‘zbekistonda birinchi yuqori voltli raqamli «Zafarobod» podstansiyasi qurilmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabarida ma’lum bo‘ldi.

Foto: Pixabay

Bu Sirdaryo va Jizzax viloyatlari energetika tizimini 500 MVtga qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi.

Podstansiya zamonaviy axborot texnologiyalari va boshqaruv vositalari bilan jihozlangan. Qurilish doirasida 288 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i qurilishi ham davom etmoqda.

Loyiha Shavkat Mirziyoyevning «2023-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori doirasida boshlangan.

Avvalroq, «Kursiv» Xitoyning Powerchina International Group Limited kompaniyasi Andijon viloyatida 400 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurishini yozgan edi.

Shuningdek