Serxarajat sentyabr. Toshkentda o’rtacha to’yga qancha sarflash kerak

eʼlon qilindi

Ko’pchilik o’zbekistonliklar uchun kuz mavsumi to’y qilish uchun eng to’g’ri vaqt hisoblanadi. Poytaxt to’yxonalari uchun navbatlar allaqachon band qilib bo’lingan. Kursiv esa bu o’ziga xos tashvishning qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.

Eng yirik harajat

«Kursiv» olib borgan suritshtiruvlarga ko’ra shaharda to’y o’rtacha 200 kishi bilan o’tkaziladi. Sarf xarajatlarning salmoqli qismi to’yxonaga to’g’ri keladi. Bu boshlang’ich narx. O’rtacha esa 250 000 so’m. Eng yuqorisi esa 900 000 so’mni tashkil etadi. Narxlar huddi ko’chmas mulk kabi joylashgan tumaniga, obro’siga, uning ayni paytdagi holatiga va albatta menyuning xilma- xilligiga qarab o’zgaradi. Xashamatlilik faktori esa hozirda aktual emas. Ammo yangi ta’mirdan chiqqanlarining bahosi qimmatroq (odam boshiga 600 mingdan boshlanadi). Olib borilgan monitoring shuni ko’rsatdiki, Toshkentning deyarli barcha tantana zallari jimjimador hamda yaltiroq. Shunga qaramay ularning bahosi yozilmagan, ammo rioya qilinadigan qoidalarga muvofiq baholanadi. Xususan agar to’yxona ta’mirdan yaqinda chiqqan va uning interyeri faoliyatdagilardan farq qilsa, menyudan tashqari ushbu lahza uchun ham pul to’lashga to’g’ri keladi. Bu degani to’yxona tanlashda har bir noodatiy detal pulga aylanadi. O’z o’zidan dasturxonga tortiladigan har bir qimmatbaho mahsulot menyuning bahosiga ta’sir qiladi.

Mehmonxona yoki To’yxona

Poytaxtda so’nggi yillarda mashhur dunyo mexmonxona brendlari o’z faoliyatini boshladi. Ular mijozlarni nafaqat qulay va shinam xonalari bilan balki bejirim zallari bilan jalb qilmoqda. Ular minimalistik interyeri, bosiq hashamati bilan to’yxonalardan farq qiladi. Yana bir o’ziga xoslik shundaki, mehmonxonalar to’yxonalardagi kabi minglab odamlarni sig’dira olmaydi. U zallarda asosan 100 – 330 kishiga mo’ljallangan bazmlarni o’tkazsa bo’ladi. Albatta 600 kishini o’z bag’riga oladigan mehmonxona ham bor. Lekin «Kursiv» surishtiruviga ko’ra poytaxtdagi birgina mehmonxonada shunday imkoniyat mavjud. Kam sonli mehmonlar bilan to’y qilmoqchi bo’lganlarga  ideal variant desangiz adashasiz. Mehmonxona tantana zalida har bir odam uchun eng kami 370 mingdan 450 000 so’mgacha sarflanadi. Lekin bu mustaqillikkacha qurilgan mehmonxonalar. Mustaqillikdan keyingi yillarda qurilganlarida har bir mehmon uchun 750 000- 850 000, yaqin yillarda qurilganlarida esa 950 000 so’mdan 1 950 000 gacha maksimum boradi. Yulduzchali mehmonxonalarda zal ijarasi uchun menyudan tashqari qo’shimcha 30 million so’mdan 45 milliongacha to’lash lozim bo’ladi. Albatta nisbatan eski mehmonxonalarda ijara puli alohida olinmaydi.

Bezakli yoki bezaksiz

Xohishga ko’ra, to’yxonani gullar bilan bezatsa ham bo’ladi. Ba’zilarida bu xizmat to’yxonani o’zida bo’ladi, alohida izlashning xojati yo’q. To’y bezaklari uchun eng kami 50$ dan sarf-harajat bo’ladi. Bu albatta eng sodda turi uchun. Eng qimmat narx belgilanmagan.

Ko’ngilochar qismi

Nikoh to’yini olib boruvchi boshlovchilar juftligi o’rtacha 500$ dan boshlanib 1800 $ gacha borishi mumkin.

San’atkorlar masalasi ham juda individual. Navbatchi(dejur) vokal guruhlari uchun o’rtacha narx 800$ . «Birrovchi» san’atkorlarning esa eng yuqori bahosi ularning obro’siga va mashhurligiga bog’liq. Qancha mashhur bo’lsa u ijro etib ketadigan beshta qo’shiq ham qimmat bo’ladi. Agar to’y mehmonxona bazm zalida bo’lsa qo’shimcha klassik musiqa cholg’uchilarni ham taklif qilsa bo’ladi. Kvartetlar  soatiga minimum 1.500 000 so’mdan xizmatda bo’lishadi.

Foto: Anna Kanaki

Mashinalar

Kelin- kuyov va ularning do’stlari uchun mashinalar eng minimal 270$ dan (bunda uchta mashina: bitta Mercedes 222, ikkita Mercedes Vito) boshlab harajat bo’ladi. Agar kelinning dugonalari ko’p bo’lsa, mashinalar soni o’zgaradi.

Oq kelin oppoq kelin

Poytaxtda hozirda kelin ko’ylak salonlari bir nechta kategoriyaga bo’lingan. Kelinlar imkoniyati, xohishidan kelib chiqqan holda tanlash imkoniyatiga egalar. Liboslarning bahosi ularning yangi yoki kiyilganligidan, shu yerda tikilgan yoki boshqa davlatdan keltirilganligiga bog’liq. Ularni tikishda foydalanilgan matolar, bezaklar, qo’l mehnatining oz yoki ko’pligi ham qo’shimcha harajatga sabab bo’ladi. O’z navbatida kiyilgan ko’ylaklar 200 $ dan boshlanadi. Agar ulgurji savdo qiladigan ishlab chiqaruvchilarni topsangiz bu pulga kiyilmaganini ham topsa bo’ladi. Premium sigmentdagi ko’ylaklar esa kiyilganlari ham salonning mashhurligidan kelib chiqib qimmatroq bo’ladi. Bunda narx 300$ dan boshlanadi. Kiyilmagan ko’ylaklar  uchun esa boshlang’ich narx 1.500$. O’z navbatida chetdan keltirilgan ko’ylaklar o’rtacha 500$ dan, yangilari esa 1.800$ dan boshlanadi. Albatta bu turdagi salonlar premium kategoriyadagi ko’ylaklarni taklif qilishadi.

Foto: Anna Kanaki

Va boshqalar

Kelinning guldastasi 250 000 so’mdan 5.000.000 gacha boradi. Kelin – kuyov nikoh uzuklari, go’zallik saloni xizmatlari uchun aniq pul miqdorini aytish qiyin. Chunki bu narsalar har bir insonning ta’bidan kelib chiqib tanlanadi va ularga muayyan aniq narx belgilab bo’lmaydi. Taklifnomalarni esa donasini 1 500 so’mdan (eng oddiy variant) boshlab buyurtma qilsa bo’ladi. Karnay – surnay xizmatlari esa o’rtacha 100$ dan boshlanib, 500$ gacha borishi mumkin.

Foto va video xizmatlari

To’yni video syomka qilish, fotograf xizmatlari o’rtacha (2ta videograf 1ta fotograf) 200$dan 1200 $ gacha borishi mumkin. Bunda to’y marosimi tushirilgan disklar (+ fleshka) va suratli albom ham umumiy to’lov ichiga kiradi.

Albatta to’y marosimini istalgan hajmda, istalgan byudjet bilan o’tkazsa bo’ladi. Bu xarajatlarga qo’shimcha yana orginal yoki hozirda ommalashgan xizmat turlarini qo’shish mumkin.

Bundan xulosa qilish mumkinki, Toshkentda o’rtacha 79 million (taxminan) so’mga (kelin-kuyov uzuklari va boshqa individual xarajatlar hisobga olinmagan) to’y o’tkazsa bo’ladi.  

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda qayerda yaxshi yashash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek