O‘zbekistonda 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 55 968 dona Cobalt ishlab chiqarilgan, deb xabar bermoqda statistika agentligi.
Xabarga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning yanvar iyul oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni: Cobalt — 55 968 dona; Lacetti-Gentra — 44 179 dona; Damas — 43 497 dona; Tracker — 19 736 dona; Onix — 13 525 dona; Nexia T-250 — 2 133 dona; Maxsus yengil avtomobillar — 12 748 dona.
Oʻzbekistonda yetti oy ichida 194,05 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,4%ga ko‘pdir. Bundan ko‘rish mumkinki, O‘zbekistonda avtomobilga bo‘lgan talab kun sayin yuqorilashmoqda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonliklar olti oy davomida 1,8 trillion so‘mga avtomobil va furgonlarni ijaraga olgani haqida xabar bergam edik.