Toshkentning qaysi hududlarida elektr va gaz boʻlmaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
23-avgustda

Bugun, 23-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir tumani va Uchtepa tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | PhotoMIX Company

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Bektemir tumani: «Nurliyo‘l» va «Gulbog‘» mahallalari, Uchtepa tumani: «Diyorobod» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Shuningdek, «Hududgazta’minot» xabariga ko’ra, Bektemir tumanining «Iyk ota» va «Gulbog‘» mahallalaridagi 1940 ta yerli xonadon va 36 ta ulgurji iste’molchilarga 22-avgust kuni soat 10:00 da tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatilgan edi. Ta’mirlash ishlari bugun bugun ham davom etadi.

Kecha «Kursiv» Sergeli va Yashnobod tumanining ba’zi koʻchalarida elektr boʻlmasligi, Yashnabod va Bektemir tumanlarida gaz bo’lmasligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek