Bugun qaysi hududlarida elektr va gaz boʻlmaydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Poytaxtda bir qancha mahallalar elektr va gaz taʼminotisiz qolmoqda

Bugun, 24-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | Brett Sayles

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Sergeli tumanining «Astrobod» hamda «Jaloir» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Shuningdek, 10:00 dan 19:00 gacha Bektemir tumanining Bektemir mahallasi va Sergeli tumanining «Ko‘hna Qumariq» mahallasiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Kuni kecha «Kursiv» Bektemir va Uchtapeda elektr bo‘lmagani va Bektemir tumanida gaz bo’lmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek