Qancha oilaviy korxonalar mavjud

eʼlon qilindi
2023-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra

O‘zbekistonda deyarli 45 mingta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda, xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Hududlar kesimida deyarli 8 ming korxona bilan Samarqand viloyati peshqadam o‘rinda. Keyingi o‘rinlarda 4,9 mingta Farg‘ona viloyati va 4,8 mingta Xorazm viloyati.

Oilaviy korxonalar kamligi bo‘yicha 238 ta Sirdaryo viloyati, undan oldingi o‘rinda esa 969 ta Namangan viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida 2012-yil O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirgan. Ushbu qonun asosida tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilgan.

«Kursiv» O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar reytingida ko‘rsatkichlarni yaxshilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek