Qaysi viloyatda nafaqa oluvchilar ko‘p

eʼlon qilindi
Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra

O‘zbekistonda nafaqa oluvchilar soni haqida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rasmiy saytida eʼlon qildi.

Foto: Kursiv / Roman Fedatov

Bugungi kunda mamlakatimizda nafaqa oluvchilarning 7,9%i boquvchisini yo‘qotganligi uchun, 10,3%i parvarishlash nafaqasi, 11,4%i yoshga doir va 26,4%i 18 yoshgacha nogiron bolalarga beriladi. Nafaqani eng ko‘p 44% lik ko‘rsatkich nogironlarga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida esa 11,8% bilan Samarqand birinchilikda bo‘lsa, 11,5% bilan Qashqadaryo va 9,5% bilan Farg‘ona viloyati keyingi o‘rinlarda.

Eng oxirgi o‘rin 3% bilan Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. Undan oldingi o‘rin esa 3,4% Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, «Kursiv» yurtimizda eng kam pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi haqida xabar bergan edi. Xabarga ko‘ra, endilikda O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori 568 ming so‘mgacha oshirildi.

Shuningdek