O‘zbekiston elchixonasi ukrainaliklarni Mustaqillik kuni bilan tabriklaydi

eʼlon qilindi
Va tinch osmon tiladi

O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasining Facebookdagi rasmiy sahifasida Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabriklar paydo bo‘ldi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi

«Sizlarni milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! (…) Fursatdan foydalanib, sizlarga tinch osmon, abadiy farovonlik tilab qolamiz», deyiladi xabar

Diplomatlar O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi «an’anaviy va uzoq muddatli do‘stlik rishtalari» bundan keyin ham rivojlanib borishiga umid bildirdi.

Ukraina Mustaqillik kuni 24-avgust kuni nishonlanadi.

«Kursiv»ning yozishicha, avvalroq o‘zbekistonlik tadbirkorlar Ukrainaga insonparvarlik yuklarini topshirgan.

Shuningdek