Respublikaning 25 ta tumanida chorvachilik klasterlari tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Prezident qaroriga asosan

O’zbekistonda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi. Qaror prezident tomonidan imzolangan.

Foto: Pexels.com

Qarorga ko‘ra, klaster tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi sohada masʼul organ hisoblanadi O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish tizimi 2 bosqichda joriy qilinadi.

Respublikaning chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlari

Shuningdek, Qo‘mita huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish markazi tashkil etiladi. 

Mazkur klasterlar go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yig‘ib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, klasterlar tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay bo‘lgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish, aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish bilan ham shug‘ullanadi.

Chorvachilik klasterlariga 60 million AQSH dollari miqdorida kreditlar, shuningdek, paxta va har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga yer ajratilishi ko’zda tutilgan.

Qarorda 2023 yil 1 dekabrdan chorvachilik xo‘jaliklari o‘z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini Qo‘mita kafolati asosida 180 kun ichida to‘lab berish tizimi joriy etilishi ko’rsatilgan.

2023 yil 1 sentyabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m subsidiya ajratiladi. Nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m ajratiladi. Parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 15 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.

«Kursiv» «Yangihayot» texnoparkini klassterga aylantirishmoqchiligini yozgan edi.

Shuningdek