Toshkentda avtomobillar harakati cheklanadi

eʼlon qilindi
31 avgustdan

Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Manba: Roman Fedotov / Kursiv

Poytaxtimizda O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan «Yangi nafas» xalqaro ommaviy yugurishi rejalashtirilgan.

31 avgust kuni ertalab soat 10:00 dan 3 sentyabr kuni soat 10:00 ga qadar cheklov Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Beshag‘och ko‘chasi bilan chorrahagacha bo‘lgan yo‘lda joriy etiladi.

3-sentabr kuni soat 5:00 dan 9:00 gacha Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Abdulla Qodiriy, Oybek va Nukus ko‘chalari bo‘ylab Rim-katolik cherkovigacha bo‘lgan yo‘lda harakatlanish cheklanadi.

Eslatib oʻtamiz, Mustaqillik bayramiga qadar «Oʻzbekiston havo yoʻllari» aviachiptalar narxini ikki baravar pasaytirdi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini yotqizishda 400 ga yaqin xato hisob-kitoblarga yo‘l qo‘yilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek