Toshkentning ba’zi hududlarida elektr va gaz boʻlmaydi

eʼlon qilindi
Poytaxtda bir qancha mahallalar elektr va gaz taʼminotisiz qoladi

Bugun, 25-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | Brett Sayles

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Mirobod tumanining «Yangi Mirobod» hamda soat 09:00 dan 16:00 gacha Yakkasaroy tumanining «Yakkasaroy» mahallasising ba’zi ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Shuningdek, soat 09:00 dan 18:00 gacha Mirobod tumanining «Fayziobod» va «Oq uy» mahallalari, Yashnabod tumanining «Iltifot», «Donishmand», «Xosiyatli», «Jarqo’rg’on», «Yangi davr», «Aslobod» mahallalari, Sergeli tumanining «Madaniyat», «Xalqobod», «Birdamlik», «Shukrona» mahallalarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

Soat 15:00 dan 18:00 gacha bo’lgan oraliqda esa Yangihayot tumanining «Fayzli» mahallasida tabiiy gaz vaqtincha to’xtatiladi.

Bugun soat 10:00 dan ertaga soat 09:00 gacha Bektemir, Sergeli va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatiladi.

«Kursiv» O‘zbekistonda birinchi raqamli podstansiya qurilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek