Oʻzbekistonda 500 ta maktabda yangi taʼlim tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi kerak

O’zbekistonda 500 ta maktabda prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi va baholash tizimi joriy etiladi. Maqsad – taʼlim sifatini oshirish. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Foto: Pexels.com

Yil davomida ularning ishi baholanadi va yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi. Kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi kerak.

Maktablarda dars berish uchun bu yilda xorijdan 500 nafar «til egalari» olib kelindi. Yangi tizim bilan kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Avvalroq, «Kursiv» nashri bolani maktabga yuborish qanchaga tushishini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek