O’zbekistonda ikki mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida gapirib o’tdi.

Jumladan, chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikati bor o‘qituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida to‘lov joriy etilganligi aytib o’tildi.
Buning natijasida 6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oluvchi o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar esa mingdan oshiq. Yana 2 mingga yaqin o‘qituvchilarga vazir jamg‘armasidan qo‘shimcha ustamalar to‘lanyapti.
Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar ko‘p.
Biroz avval, maktablardagi yangi o‘quv dasturi nimalarni o‘zgartirishi haqida yozilgan edik.