Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan atom energetikasi bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
Seul, shuningdek, 11 davlatga tijorat attashelarini yuboradi

Janubiy Koreya hukumati atom energetikasi masalalari bo‘yicha aloqalarni o‘rnatish uchun O‘zbekistonga o‘z vakillarini yuboradi. Bu haqda The Korea Times nashri xabar berdi.

Foto: Unsplash

Mamlakatimizdan tashqari Janubiy Koreya delegatsiyalari Filippin, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarga ham tashrif buyuradi.

Nashrning qayd etishicha, Seul o‘zining tijorat attashelarini ham turli mamlakatlarda atom energetikasi bo‘yicha seminarlarda ishtirok etishga majbur qiladi. Maqsad ushbu mavzu bo’yicha, jumladan, savdo nuqtai nazaridan bilimlarni chuqurlashtirish bo’ladi.

Attashe vakolatlari Janubiy Koreyaga o‘nta yadroviy reaktor va tegishli uskunalarni eksport qilish bo‘yicha shartnomalar olishga yordam berish uchun sezilarli darajada kengaytiriladi.

Janubiy koreyaliklar AQSh, Misr, Niderlandiya, Indoneziya, Qatar, Meksika va Myanma kabi 11 davlatdagi elchixonalarga o‘qitilgan attashelarni yuborishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» «Rosatom» davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda tez orada atom elektr stansiyasi qurilishini boshlashga umid qilayotganini yozgan edi.

Shuningdek