Moskvaga uchayotgan samolyot zudlik bilan Toshkentga qo‘ndi

eʼlon qilindi
Yo‘lovchilardan biri kasal bo‘lib qoldi

Tailandning Pxuket shahridan Rossiyaning Moskva shahriga uchayotgan Azur Air aviakompaniyasining samolyoti kecha tunda Toshkentga favqulodda qo‘ndi, deb xabar berdi «Uzbekistan Airports» AJ.

Foto: whitelook / Depositphotos

Favqulodda qo‘nishni amalga oshirish qarori yo‘lovchilardan biri kasal bo‘lib qolgani sababli samolyot ekipaji tomonidan qabul qilingan. Rossiyalik 29 yoshli qiz Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizildi.

Parvoz 21:04 da Moskvaga davom etdi.

Mart oyida «Kursiv» «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘na olmagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek