Bugun Toshkentning qayerlarida elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
30-avgustda

Bugun, 30-avgust ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod va Uchtepa tumanlarining ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi, deb xabar berdi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali.

Foto: Pexels | Pok Rie

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Uchtepa tumanining «Diyorobod» mahallasi, soat 10:00 dan 17:00 gacha esa Mirobod tumanining «At-Termiziy» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi.

Xabarga ko’ra, ushbu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Avvalroq, Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan atom energetikasi bo‘yicha aloqalarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek