O‘zbekiston Qozog‘istonda un xarid qilish bo‘yicha besh yillik rekordni yangiladi

eʼlon qilindi
Yetti oy davomida O‘zbekistonga ushbu mahsulotning 308,4 ming tonnasi import qilingan

O‘zbekiston so‘nggi besh yil ichida rekord miqdorda qozoq unini import qildi. APK-Inform portali bunga e’tibor qaratdi.

Foto: Unsplash

Yetti oy yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz Qozog‘istondan 308,4 ming tonna un xarid qildi. O‘tgan oyda qo‘shni respublikadan 49,7 tonna ushbu mahsulot yetkazib berildi, bu iyun oyiga nisbatan 36 foizga ko‘pdir.

2022-yilning shu davrida O‘zbekiston Qozog‘iston Respublikasidan 215,3 ming tonna un import qilgan.

«Harvest Kazakhstan» MChJ direktori oʻrinbosari Kazibek Omarov joriy yilda Oʻzbekistonga qozoq uni va bugʻdoy yetkazib berish hajmi 3,85 million tonnani tashkil etishini kutmoqda. Biroq bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilgi mavsumga nisbatan biroz kamroq. O‘shanda O’zbekiston 3,9 million tonna import qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» Qozog‘iston unni Afg‘onistonga O‘zbekistonni aylanib o‘tib olib o‘tish niyatida ekanini yozgan edi.

Shuningdek