Yangiliklar

Hisoblagichsiz yer osti suv olish mumkinmi?

2024-yil 1-yanvardan yangi tartib o'rnatildi

2024-yil 1-yanvardan hisoblagichsiz yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish mumkin emas, bu haqida  AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Po‘latov.

Foto: Pexels.com

 «Respublikaning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yer osti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etildi», – deydi vazirlikning masʼul xodimi.

Xabarga ko‘ra, moratoriy joriy etilgan hududlar yer osti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi. Bu haqida vazirlikning rasmiy veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda eʼlon qilinadi.

Endilikda  yer osti suvlari sathining 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda suvdan faqat ichimlik maqsadida foydalanish mumkin.

Bunday hududlarda sug‘orish va ishlab chiqarish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash taqiqlanadi. Shuningdek, mavjud quduqlardan yerlarni suv tejaydigan texnologiyalarsiz sug‘orish mumkin emas.

Avvalroq, elektr va gaz o‘g‘irlangani haqida telegram boti orqali xabar berish mumkinligi haqida yozgan edik.