Bugun poytaxtning qaysi tumanlarida elektr bo’lmaydi

eʼlon qilindi
Ta’mirlash ishlari sabab

Bugun, 4-sentyabr kuni Yunusobod va Mirzo Ulug’bek tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o’chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: Pexels | Pok Rie

Soat 9:00 dan 16:00 gacha Yunusobod tumanining «Sobirobod» mahallasi hamda soat 10:00 dan 16:00 gacha Mirzo Ulug`bek tumanining «Yangi Avayxon» mahallasining ayrim ko’chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha elektr tarmog’ida vaqtincha uzilish bo’ladi.
Xabarga ko’ra, ushbu hududlardagi ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Avvalroq, «Kursiv» Yashnobod tumanida favqulodda sodir bo’lgan avariya sabab elektsiz qolgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek