Markaziy bank pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar bo’yicha bayonot berdi

eʼlon qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlar bo‘yicha MB izoh berdi.

Unda «BRIO GROUP» MCHJ (Oson) to‘lov tashkiloti tomonidan oluvchisi yoki jo‘natuvchisi haqidagi talab qilingan maʼlumotlarni aks ettirmasdan va ushbu turdagi xalqaro pul o‘tkazmalarini aniqlash bo‘yicha asosli va imkoni mavjud bo‘lgan zaruriy choralar ko‘rilmaganligi maʼlum qilinadi.

Manba: Pexels.com

Oson to‘lov tashkiloti xorijiy bankda hisobvaraq ochib, mazkur bank hisobvarag‘i orqali «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun talablariga zid ravishda amaliyotlar o‘tkazgan.

Ta’kidlash joizki, to‘lov tashkilotlari Markaziy bank litsenziyasi asosida respublika hududida to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega.

To‘lov xizmatlari – to‘lov yetkazib beruvchining (to‘lov tashkiloti) to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga (mijozga) ko‘rsatadigan xizmatidir. Bunda to‘lov tashkilotlari bevosita tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida ishtirok etmaydi.  To‘lovlarini chet eldagi benefitsiarlarga yetkazib berish hamda ulardan qabul qilish xizmati ular uchun tashqi savdo operatsiyasi hisoblanmaydi.

To‘lov tashkilotlari o‘z mijozlarining to‘lovlarini chet eldagi benefitsiarga yetkazib berish amaliyotlarini tashqi savdo operatsiyasi sifatida tasniflaydi. Qabul qilingan mablag‘larni boshqa valyutalarga ayirboshlashlari, transchegaraviy, davlatlararo tranzit tashkiloti sifatidagi operatsiyalarda ishtiroklari qonundachilikka zid.

O‘zbekiston Respublikasida xalqaro to‘lov xizmatlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalari, shuningdek, xalqaro onlayn xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilmagan. To‘lov tashkilotlari tijorat banklarining platformalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Biroz avval, «Oson» toʻlov tizimi 5-sentyabrdan boshlab pul oʻtkazmalarini oʻchirib qoʻyishini ma’lum qilgandik.

Shuningdek