O‘zbekiston va Abu-Dabi energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston haqidagi xorijiy matbuot sharhi

MenaFN: «O‘zbekiston va Abu-Dabi energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda» – O‘zbekiston va Amirlikning Mubadala sarmoyaviy kompaniyasi energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Manba: Unsplash

Respublika: «Qrim tatar deputati Rustem Umerov Ukrainaning yangi mudofaa vaziri bo’ladi. U kim?» — Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanba kuni Telegram’dagi rasmiy akkaunti orqali amaldagi mudofaa vaziri Oleksey Reznikov shu hafta o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu vazifani Qrim-tatar jamiyati vakili bo’lgan qonunchi Rustem Umerov o’z zimmasiga oladi.

AzerNews: Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi Moskvada boʻlib oʻtmoqda – Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmonov, Rossiya delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.

BELTA: «Ivanets: Belarus va O‘zbekiston 80 dan ortiq qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda» – Belarus va O‘zbekiston 80 dan ortiq qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirmoqda, dedi ta’lim vaziri Andrey Ivanets jurnalistlarga.

Azrtag: «O‘zbekiston yetti oyda Ozarbayjonga 32 yuk mashinasi yetkazib berdi» – Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Ozarbayjonga 32 ta yuk mashinasi yetkazib berdi.

Shuningdek