Daraxtlarni sun’iy zaharlagan quruvchi jazoga tortiladimi

eʼlon qilindi
Toshkent shahridagi daraxtlarni nobud qilgani uchun quruvchiga nisbatan ish ochildi

Toshkent shahridagi hududni «tozalash» maqsadida daraxtlarni sun’iy ravishda quritib, zaharlagan qurilish kompaniyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.

Manba: Pexels.com

Avvalroq, u tadbirkor Olmazor tumanidagi Chiltug‘on mahallasida istirohat bog‘i hududi qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq mahalliy aholi va ekologlar daraxtlarni kesishga qarshi chiqdi.

«Kesishning imkoni bo‘lmagach, atrof o‘ralib, ko‘zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliqlar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin”, — yozadi Kusherbayev.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Quruvchining harakatlaridan yetkazilgan zarar miqdori 534 million so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq, Buxorodagi korxona kesilgan to‘rtta daraxt o‘rniga 400 tup daraxt ekishga majbur bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek