O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Unga 338 nafar deputat ovoz berdi

Oliy Rada Rustem Umerovni Ukraina mudofaa vaziri etib tayinladi. 338 deputat yoqlab ovoz berdi, hech kim qarshi chiqmadi.

Manba: Wikimedia Commons

Umerov prezident Vladimir Zelenskiy davridagi to‘rtinchi mudofaa vaziri bo‘ldi. Undan oldingi Aleksey Reznikov iste’foga chiqdi.

Umerov Mudofaa vazirligiga rahbar etib tayinlangunga qadar Davlat mulki jamg‘armasini boshqargan.

Avvalroq, Zelenskiy Umarovning vazirlikka nomzodini taklif qilar ekan, Ukraina Mudofaa vazirligi ham harbiylar, ham jamiyat bilan hamkorlik qilishning boshqa formatlarini topishi kerakligini aytgandi.

«Men Ukraina mudofaa vazirini almashtirishga qaror qildim. Aleksey Reznikov 550 kundan ortiq keng ko’lamli harbiy mojarolarni boshdan kechirdi. Menimcha, vazirlikka yangicha yondashuvlar kerak (…). Endi vazirlikni Rustem Umerov boshqarishi kerak», deb yozadi u.

Umerov 1982 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur shahrida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan qrim-tatar oilasida tug‘ilgan. Ukrainaning lifecell uyali aloqa kompaniyasida yuqori lavozimlarda ishlagan.

Umerovning siyosiy faoliyati «Golos» partiyasidan deputat saylanishi bilan boshlangan. 2022-yil sentabrida Zelenskiy uni Davlat mulki jamg‘armasi rahbari etib tayinlagan edi.

Umerov Ukraina uchun muhim muzokaralarda ishtirok etdi – «don bitimi» dan tortib olingan «Golos» almashinuvigacha.

Shuningdek