Bugun poytaxtning qaysi tumanlarida elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
7-sentyabrda

Bugun, 7-sentyabr kuni Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: Binkski | depositphotos.com

Soat 10:00 dan 17:00 gacha Mirobod tumanining «Afrosiyob» mahallasi va soat 10:00 dan 16:00 gacha esa Mirzo Ulug‘bek tumanining «Ijodkor»,  «Iqtidor», «Chingeldi», «Alisherobod», «Geofizika», «Temuriylar» hamda «Sarbon» mahallalarining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Kecha Chilonzor tumanining ba’zi ko‘chalari elektrsiz qolgan edi.

Shuningdek