O‘zbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilingan kapital bozorini rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar tufayli yiliga 770 milliard so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Bu haqda «Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi Georgiy Paresishvili «O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori» V Cbonds anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat respublikaga xorijiy investorlarning kelishiga turtki bo‘ladi. Talabning o’sishi natijasida davlat obligatsiyalari bo’yicha stavka 17,5 foizdan 14 foizgacha, ya’ni Markaziy bankning amaldagi asosiy stavkasigacha tushishi mumkin. Buning hisobiga budjet mablag‘larini yiliga 770 milliard so‘m tejash mumkin. 11 foizgacha pasayganda, tejamkorlik yanada ko’proq – yiliga 1,4 trln.
Avvalroq, «Kursiv» bozor ishtirokchilaridan yangi rezolyutsiyadan qanday natijalarni kutishlarini so’radi.