O‘zbekiston fuqarolariga sog‘lom turmush tarzi haqida SMS keladi

eʼlon qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi sport va to‘g‘ri ovqatlanishni rivojlantirish dasturini tayyorlaydi

O‘zbekiston hukumati sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanishni tizimli ravishda targ‘ib qilish dasturini ishlab chiqadi. Hujjat uch yilga moʻljallangan: 2024-yildan 2026-yilgacha. Bunday koʻrsatma davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning farmonida berilgan.

Hujjat matni O‘zA agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: milliarddigital / Depositphotos

Dastur doirasida uyali telefon egalariga sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish haqida har kuni SMS jo‘natish bo‘yicha tadbirlar o‘rin olgan.


Bundan tashqari, har yili «Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishida eng yaxshi targ‘ibotchi» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, mavzuga oid videofilmlar suratga olish, bukletlar chop etish rejalashtirilgan. Dasturni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tayyorlaydi.

Kursiv avvalroq ming nafar o‘zbekistonlik shifokor xorijga o‘qishga ketishi haqida yozgan edi.

Shuningdek