2023-yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston kompaniyalari Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Singapur bilan bir qatorda Belarus universal tovar birjasida (BUTB) yog‘och mahsulotlarining eng yirik xaridorlari beshligidan joy oldi. Bu haqda BUTB tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti rahbari Aleksandr Bashliy ma’lum qildi.
Uning taʼkidlashicha, 2022-yilning shu davriga nisbatan Oʻzbekistonga Belarus arra yogʻochlari eksporti 8,5 baravardan koʻproq oshgan. Bunga xaridorlar doirasining kengaygani yordam berdi. BUTBda yog’och mahsulotlari savdosi bilan shug’ullanuvchi 18 ta o’zbek firmasining aksariyati so’nggi 3-4 oy ichida birjaga kirgan. Umuman olganda, yil boshidan buyon BUTB rezidenti o‘zbeklar soni 45 tadan 80 taga ko‘paydi.
Bundan tashqari, uning soʻzlariga koʻra, 2023-yilda Belarus-Oʻzbekiston birjalararo hamkorligi sezilarli darajada tezlashdi, bu esa Belarus Respublikasi va Oʻzbekiston birja bozorlaridagi eng soʻnggi tahliliy maʼlumotlarni tezkorlik bilan almashish imkonini beradi.
Shuningdek, BUTB va Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi brokerlari Minsk shahrida malaka oshirib, soʻngra ikki davlat fond birjalariga oʻzaro qabul qilindi.
Avvalroq, «Kursiv» o‘zbek paxta iplari bo‘yicha ilk bitimlar BUTBda tuzilganini yozgan edi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga Belarusdan 1,5 million dollardan ortiq farmatsevtika mahsulotlari import qilingan.