O‘zbekistonda kartel uchun yanada qattiqroq jazo qo‘llaniladi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Yangilangan raqobat to‘g‘risidagi qonun 4-oktyabrdan kuchga kiradi

O‘zbekistonda kartellarning fitnasi yanada qattiqroq jazolanadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farruh Qoraboyev «O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori» V xalqaro Cbonds anjumanida aytib o‘tdi.

Foto: Unsplash

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 4-oktyabrdan «Raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun kuchga kiradi. Avvalroq, O‘zbekistonda kartel uchun 250 dollar ekvivalentida kichik jarima nazarda tutilgan edi. Endi buning uchun moliyaviy sanksiyalar aylanmaning 5 foizini tashkil qiladi. Xuddi shu jazo endi mavqeni suiiste’mol qilish yoki muzokaralar olib borish uchun ham qo‘llaniladi.

Oldinroq, «Kursiv» eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reestrga kiritilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek