Bugun Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari tufayli

Bugun, 8-sentyabr kuni Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: Binkski | depositphotos.com

Soat 09:00 dan 17:00 gacha Chilonzor tumanining «Guliston» mahallasi va soat 10:00 dan 14:00 gacha Yakkasaraoy tumanining «To’qimachi» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Kuni kecha Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan edi.

Shuningdek