Farg‘onada 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yerosti silkinishlari O‘zbekistonning bir qancha hududlarida sezildi

Dushanba kuni ertalab O‘zbekistonning uch viloyati aholisi zilziladan uyg‘ondi. Zilzila epimarkazi Farg‘onada bo‘ldi, xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika Seysmik prognoz monitoringi markazi.

Manba: Unsplash

Zilzila kuchi 4,5 ballni tashkil qilgan. Eng kuchli silkinishlar – to‘rt ball Farg‘ona viloyatida kuzatildi.

Andijon viloyatida zilzila kuchi ikki-uch ball, Namanganda ikki ballga baholandi.

Zilzila mahalliy vaqt bilan 06:54 da sodir bo’lgan.

«Kursiv» juma kuni kechqurun Marokashda 6,8 magnitudali dahshatli zilzila sodir bo’lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek