Bugun Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ba’zi joylarida elektr bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari sabab

Bugun, 12-sentyabr kuni Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: snvv | depositphotos.com

Soat 09:00 dan 15:00 gacha Yakkasaroy tumanining «Damariq» mahallasi va 09:00 dan 16:00 gacha Mirobod tumanining «Oybek» mahallalarining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Mirzo Ulug‘bek tumanining ba’zi joylarida elektr bo‘lmagani haqida yozgan edi.

Shuningdek