O‘zbekiston futbolchilari ilk bor Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqidagi xorijiy matbuotga sharh

CBS Sports: «Meksika – O‘zbekiston o‘yinidan jonli translyatsiya» – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Meksikaga qarshi maydonga tushadi. O’rtoqlik uchrashuvi 12 sentyabr kuni Amerikaning Atlanta shahridagi «Mersedes-Benz» stadionida bo’lib o’tadi.

Foto: Mercedes-Benz stadioni

TTG Asia: «O‘zbekiston malayziyaliklarni sayyohlik maqsadlariga kiritdi» – O‘zbekiston Malayziyadan kelayotgan sayyohlar sonini 2019-yildagi deyarli 4500 nafardan, joriy yil oxirigacha 12 ming nafarga yetkazishni maqsad qilgan.

Global Newshire: «Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab raqamli operatorlar xizmatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda 4G tarmog‘ini kengaytirmoqda» – Gollandiya xoldingi VEON Ltd. O‘zbekistonda tarmoqni modernizatsiya qilishning birinchi bosqichi yakunlanganini ma’lum qildi. Bu Beeline Uzbekistan’ga aholining 4G qamrovini 2022 yil oxiridagi 78 foizdan joriy yil oxirida 85 foizgacha kengaytirishga yordam beradi.

TASS: «O‘zbekiston va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari idoralar o‘rtasida strategik muloqotni boshladi» – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning janubiy koreyalik hamkasbi Pak Jin Seulda departamentlar o‘rtasidagi strategik muloqotning birinchi raundini o‘tkazdi.

«RIA Novosti»: «Mutaxassislar rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur mamlakatlarni aniqladi» – O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidan mustaqil sayyohlar orasida eng mashhur 10 ta yo‘nalishda o‘ninchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek