Bugun uchta tumanning ba’zi hududlari elektrsiz qoladi

eʼlon qilindi
Ta'mirlash ishlari sababli

Bugun, 13-sentyabr kuni Mirobod, Yakkasaroy, Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Foto: briaungest | depositphotos.com

Soat 10:00 dan 15:00 gacha Yashnobod tumanining «Tovkentepa» mahallasi hamda soat 10:00 dan 17:00 gacha Olmazor tumanining «Chuqursoy», «Paxta» va «Qichqiriq» mahallalarining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, 09:00 dan 16:00 gacha Mirobod tumanining «Oybek» mahallasining ayrim ko‘chalarida elektr tarmog‘ida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Kecha Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ba’zi joylarida elektr bo‘lmagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek