“Kursiv” klubining Toshkentdagi birinchi yig‘ilishida Nikolay Uskov “Qalam” tarixiy loyihasini taqdim etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
12-sentabr kuni klubning debyut anjumani bo‘lib o‘tdi (fotoreportaj)

12-sentabr kuni O‘zbekiston poytaxtida «Kursiv Club»ning birinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda biznes rahbarlari va mutaxassislari Autograph galereyasida yig‘ildi. Platforma Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo ishbilarmon doiralarining fikr almashishi uchun yaratilgan. Tadbirni «Kursiv Uzbekistan» nashri bosh muharriri Anastasiya Novikova ochib berdi.

Nikolay Uskov. Foto: Roman

«Bu yil biz ikkita qiziqarli biznes konferensiya o‘tkazdik va bugun biz yangi format – «Kursiv Club»ini ochganimizdan mamnunmiz. Bizning asosiy maqsadimiz – biznes hamjamiyatini shakllantirish, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirayotgan va ish o‘rinlari yaratayotgan faol odamlarga muhim masalalarni norasmiy sharoitda muhokama qilish, fikr almashish, tanishish, qiziqarli odamlar bilan muloqot qilish, yangi narsalarni kashf etish imkoniyatini yaratish,» – dedi Anastasiya Novikova o‘zining tabrik so‘zida.

Kecha mehmoni Nikolay Uskov «Qalam» nomli yangi loyihasini taqdim etdi.

Nikolay akademik jamoatchilik orasida tarixchi sifatida tanilgan va shu sohada fanlar nomzodi hisoblanadi. Ammo, birinchi navbatda, Uskov jurnalist sifatida tanilgan: u Men’s Health va GQ nashrlarini boshqargan va hozirda Forbes Russia muharrir direktori.

Anastasiya Novikova va Nikolay Uskov tarixga bag‘ishlangan yangi loyihani muhokama qilishdi.

«Mana bir yildan beri Olmaotada yashayman va tarixga, uning Markaziy Osiyodan koʻrinishiga bagʻishlangan yirik madaniy, maʼrifiy, ilmiy va tarixiy loyihani amalga oshiryapman. U Qalam deb ataladi. Umid qilamanki, oy oxirigacha ushbu loyiha bilan tanishishingiz mumkin. Avvalo, biz uni uchta tilda – rus, qozoq va ingliz tillarida qilamiz, ammo kelajakda mavjud tillar sonini kengaytirish, jumladan, o‘zbek tilini ham qo‘shishni rejalashtirmoqdamiz. Dunyoda boshqa bunday loyihalar yo‘q», – dedi Uskov.

«Jahonda tarixni o‘rganish muammosi milliy muammodir. Odamlar o‘z tarixini boshqa xalqlar tarixi haqida juda kam tasavvur bilan o‘rganishadi. Yevrosentrizm – bu katta kasallik. Biz London va Parijdan hikoya qilinishiga o‘rganib qolganmiz va bu menga har doim noto‘g‘ridek ko‘rinadi», deb tushuntirdi Uskov.

Shu sababdan tarixchi Qozog‘istonda Markaziy Osiyo uchun loyiha yaratishga qaror qildi.

O‘zbekiston «Qalam» loyihasida qanday ishtirok etadi, degan savolga Uskov Qozog‘iston tarixini O‘zbekistondan alohida, shuningdek, Tojikiston va Qirg‘izistondan alohida aytib berish juda qiyin ekanini ta’kidladi: «Bu ko‘p jihatdan yagona dunyo ekanligini hammamiz tushunamiz, bu bir-biriga juda bog‘liqdir.»

«Yevropaliklar ajoyib, ular biz hamma narsani ishlatadigan fantastik dunyoni yaratdilar. Ajoyib telefonlar, samolyotlar va boshqalar. Lekin biz xursandmiz, chunki biz uchib, telefonda gaplashamiz? Yo‘q, biz baxtlimiz, chunki biz oilamiz bilan, o‘z yerimizda, mazali pomidor, shaftoli yeb yoki er-xotin iliq munosobatda bo‘lganimizda o‘zimizni yaxshi his qilamiz. Ya’ni biz sivilizatsiya bo‘lganimiz uchun emas, hayot go‘zalligi uchun o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz», — dedi Uskov.

Tarixchi Markaziy Osiyoning butun dunyo uchun foydalari haqida so‘ralganda, shunday dedi: «G‘arb madaniyatining Sharqqa nisbatan dono, G‘arb esa shov-shuvli degan qoliplarni takrorlash xavfi katta. Nazarimda, dunyo Markaziy Osiyodan odam va tabiat, odam va hayvon muvozanatini o‘rganishi mumkin. Men Markaziy Osiyo mamlakatlarida hayvon, tabiat, o‘simlik va hidlar, tuproq bilan butunlay boshqacha yaqinlikni ko‘raman. Ulug‘ fors-o‘zbek shoirlarini o‘qiganimizda ham, ular tabiatni, dunyoni qanchalik boshqacha his qilishlarini, bu ular uchun qanchalik “mazali» ekanini ko‘ramiz”, – deya tushuntirdi Uskov.

Yakunda «Kursiv Club»i mehmonlari Nikolay Uskovga yangi loyiha haqida savollar berishlari mumkin edi.

Kecha norasmiy muhitdagi muloqot bilan yakunlandi.

Konferensiyaga Freedom Broker homiylik qildi. Kechaning hamkorlari Legion do‘konlar tarmog‘i, suv ishlab chiqaruvchi Chortoq va Serenity spa bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv Clubi» yangi formatdan tashqari “Kursiv Event» platformasida tematik muhokamalarni ham tashkil etadi. 2023-yil iyul oyida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekistonda kapital bozori: risklar va imkoniyatlar» mavzusidagi ikkinchi konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek