O‘zbekiston uran, oltin va kumush ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston haqidagi xorijiy matbuotga sharh

Azernews: «O‘zbekiston oltin, kumush, uran va mis ishlab chiqarishni ko‘paytiradi» – «O‘zbekiston-2030» strategiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobar, kumush va uranni 3 barobar, misni 3,5 barobar oshirish niyatida.

Manba: Unsplash

Korea Times: «Koreya va O‘zbekiston yetkazib berish zanjiri hamkorligini rivojlantirish uchun TIPFni imzoladi» – O‘zbekiston va Janubiy Koreya Savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish dasturini (TIPF) qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda ushbu shartnoma imzolangan birinchi davlat bo‘ldi.

TASS: «Mirziyoyevning qizi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi» – O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Rossiyaning O‘zbekistondagi Respublikasidagi elchisi Oleg Malginov mamlakatlar o‘rtasidagi ta’lim, fan, madaniyat sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

ESPN: «Meksika Raul Ximenesning dubliga qaramay, O‘zbekiston bilan tenglashdi» – Meksika milliy futbol jamoasi O‘zbekiston bilan tenglashib oldi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi.

«RIA Novosti»: «MDHda ishlab chiquvchilar assotsiatsiyasining xalqaro ittifoqi tuzilmoqda» – O‘zbekiston dasturchilar assotsiatsiyasi va MDH davlatlarining boshqa shunga o‘xshash tashkilotlari vakillari Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarining Xalqaro dasturchilar uyushmalari ittifoqi doirasida hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Shuningdek